Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob)

Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob) Tavsifi Izohlar (0) 2020 yil ortda qoldi. Karantin, pandemiya, cheklovlar, bedavo dard yaxshigina saboq boʼldi. Uyda oʼtirib, ishlash, oʼqish, rivojlanish mumkinligini bildik. Qaysi kasb-hunar, sohaga talab yuqoriligi ham yaqqol sezildi. Dizayner, dasturchi, hisobchi, frilanser va hkz.ga ishimiz chandon tushsa tushdiki, kamaymadi. Demak, zamonga moslashish shart! Tez orada chop etilajak "Mukammal dasturlash: JavaScript" esa: • yangi qirralaringizni kashf etishga; • uyda oʼtirib, qoʼshimcha daromad topishga; • malakali veb-dizaynerlikdan tashqari; • "front-end" dasturlovchi, yana toʼlaqonli dasturiy taʼminot yaratish borasida yetuk bilimlarga ega boʼlishga koʼmaklashadi. Kitobda ortiqcha maʼlumotlar oʼrniga oʼn yillab yigʼilgan tajribalardan foydalanib, aniq koʼrsatmalar keltirilgan. Dasturchilik – serdaromad soha. Oʼzingiz tanlang – boʼsh vaqtda telefon titib, boshqalarning tanloviga boʼysungan afzalmi yoki oʼsha tanlov egasi boʼlish?! Ushbu kitob zamonaviy dasturlashni oʼrganmoqchi boʼlganlar, dasturlash bilan shugʼullanadiganlar va hatto dasturiy taʼminot varatish boʼyicha yetuk mutaxassislarga ham moʼljallangan boʼlib, ilm olish va uni mustahkamlash uchun eng kerakli boʼladigan zaruriy bilimlarni oʼzida jamlagan hamda sodda tushunarli tilda bayon etilgan. Ortiqcha maʼlumotlar oʼrniga oʼn yillab yigʼilgan tajribalardan foydalanib aniq koʼrsatmalar keltirilgan. Kitobdagi maʼlumotlarni oʼzlashtirgan oʼquvchi malakali vebdizayner sifatida keng faoliyat yuritshdan tashqari, nafaqat «front-end» (timusti) dasturlovchi boʼlishi mumkin, balki toʼlaqonli veb-dasturiy taʼminot yaratish borasida yetuk bilimlarga ham ega boʼladi. Kitobda yoritilgan mavzular boʼyicha fikr-mulohazalar, takliflar, savollar hamda oʼz amaliy dasturlash faoliyatingizda muammolar yuzaga kelsa, ilm.yurt.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

58 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob)
Kitobning asl nomi: Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob)
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Qattiq/300
ISBN: 978-9943-6501-6-9
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Akademnashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar