Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Baqirmaydigan bolalar

Agar bolangiz baqirmaydigan bola bo'lishi xohlasangiz!U o'z muommolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdoshi bo'ling;Ishonchli joydaligini his qildiradigan xavfsiz boshpana bo'ling;"Kel bolam, yomg'irda yuramiz va birga namlanamiz" deydigan do'sti bo'ling;"Bu senga zarar beradi, biz chegaralarni belgilashimiz kerak" deydigan ona-onasi bo'ling;

2 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Agar bolangiz baqirmaydigan bola bo'lishi xohlasangiz!U o'z muommolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdoshi bo'ling;Ishonchli joydaligini his qildiradigan xavfsiz boshpana bo'ling;"Kel bolam, yomg'irda yuramiz va birga namlanamiz" deydigan do'sti bo'ling;"Bu senga zarar beradi, biz chegaralarni belgilashimiz kerak" deydigan ona-onasi bo'ling;"Bu bizning chodirimiz, kel, lager quraylik", deb yopinchiqning tagiga kirib oladigan darajada xayolparast bo'ling;"Kelinglar, bolalar, mening ustimga chiqinglar, odam minorasini quraylik deb ularni qiziqtira oladigan ona bo'ling;"Ehhe buncha uy vazifang ko'p, juda charchagan bo'lsang kerak" deya olish uchun yetarlicha tushuna oling;"Bolam, sen bu ishni qila olasan" deb, uni qo'llab-quvvatlang;U sizning yelkangizga bosh qo'yib, yig'lay oladigan odami bo'ling;"Maktabda bo'lganpaytingda sen yaxshi ko'rgan shirinlikni pishirdim" deyish uchun yetarlicha g'amxo'r bo'ling;"Istirohat bog'igacha yugurish musobaqasiga tayyormisan?, Birinchi bo'lib yetib borgan g'alaba qozonadi" deya oladigan darajada baquvvat bo'ling;U yig'lasa, erkalansa, qaysar bo'lsa, sabr qiling;Uyqusiz tunlarga kasalliklarga, qo'lda olib yurishga chidash uchun keragicha chidamli bo'ling;Tizzasidagi yarani mehr bilan o'pa oladiganchalik rahmdil bo'ling;Farzandingizning borligidan xursand bo'ling;"Yaxshiyam borsan, bolam" degan minnatdorchilik tuyg'usiga to'la bo'ling;Chunki bola sabr-toqat talab qiladigan "qiyinchilik" emas, qalbingizga shukronalik yomg'irini yog'diruvchi "ne'mat"dir.
Kitob nomi: Baqirmaydigan bolalar
Kitobning asl nomi: Baqirmaydigan bolalar
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Turkcha
Formati: Yumshoq / 224
ISBN: 978-9943-7524-4-3
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Iqro nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar