Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

«Shum bola» asari haqida

«Shum bola» qissasining bosh qahramoni ham shunday og‘ir kunlarda otasidan ayrilgan, qariyb siz tengi – o‘n to‘rt yoshli bolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim nimaligini bilmaydi. Shum bola bo‘lsa, tengdoshlariga qo‘shilib erta tongdan to qorong‘i kechgacha ko‘chadan kirmaydi. U – yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, bir joyda uzoqroq turib qolsa yuragi siqilib ketadigan, tinib-tinchimas bolalar xilidan. Kunlarning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib, qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlariga sarguzasht ulanib, yarim yildan ortiq davom etadi.

Dush, 13 Dek. 13:50