Ikki murda oʼlikxonada tekshiruvchilarning oʼtkir tigʼini kutib yotibdi. Hademay oʼtkir tigʼ
ularning qorni, koʼkragi, boshini yoradi. Oʼlik hujayralarda yashiringan haqiqatni oʼqimoqchi
boʼlganday titkilashadi. Soʼng, yorilgan yerlarini tikib, murdalarni egalariga beradilar.
Nima uchun oʼlim topganlaridan bexabar qolgan ikki odam esa, qiyomatni kutib yotmogʼi uchun
qorongʼu lahadga qoʼyiladi.
Soʼng pichir-pichirlar:
«Xotinlarga aralashadigan odati yoʼq edi-ku?..»
«Gʼarkoʼz edi bu juvon...»
«Kim oʼldirgan ekan?»
«Eri avval ham bir-ikki ushlab, kechirgan ekan. Lalaygan bir erkak-da! Bu safar
chidolmabdi, boyaqish...»
Aslida bu ko‘pchiligimiz yurgan, yurayotgan va yuradigan yo‘llar. Bu yo‘llarning sifatini stakan to‘la suvning to‘kilmasligi bilan baholash tugul, aqalli idishdan suvni eplab icha olmaysiz. E’tirozlar bo‘lsa, bemalol tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin. Ichayotgan suvingiz yo tomog‘ingizga tiqiladi, yoki yarmi egningizga to‘kiladi.
Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko'targan og'a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.
«Mening o‘g‘rigina bolam» nomi ostida jamlangan qissalar va hikoyalar o‘zbekona hayot tarzi, insonlardagi mehr-oqibat kabilarning qimmatli ne'mat ekanligini anglaydi. Taqdir boshlagan ko‘chalarning so‘qmoqlaridan bir-bir o‘tib, unda o‘z yaqinlarini ko‘rgandek bo‘ladi. O‘zbek xalqining necha asrlardan beri meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlari ichidan eng qadrlisi – mehmondo‘st xalqni ko‘radi.
G‘afur G‘ulom asarlarini sahna orqali tanigan kitobxon do‘stlarimiz endi adib asarlarining asl mohiyati bilan tanishadilar.